Yangilik
15 barobar — yirik agregatorlardagi texnik nosozlik ortidan ayrim taksi xizmatlariga bo‘lgan talab shunchaga oshdi.

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi taksi agregatorlari faoliyatini o‘rganishni boshladi. Asosiy maqsad — narxlar shakllanishidagi manipulyatsiyalarni oldini olish va foydalanuvchilarning haqli e’tirozlarini hal etish. Xususan, platformalar algoritmlarni qayta ko‘rib chiqishi, haydovchilarga to‘lovlarni o‘z vaqtida o‘tkazishi hamda 24/7 rejimida texnik qo‘llab-quvvatlash markazlarini ishlashi shart.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 11-13-oktabr kunlari yuz bergan nosozliklar fonida boshqa servislarga qiziqish keskin ortdi. Masalan, yangi haydovchilar soni ayrim servislarda 10 barobarga ko‘paygan. Regulator qoidabuzarliklar aniqlangan taqdirda qonun doirasida tegishli choralar ko‘rilishini ma’lum qildi.
Bu hafta: kompaniyangizdagi mijozlarga xizmat ko‘rsatish tizimini yirik yuklamalar paytida uzilishlarsiz ishlashini tekshirib chiqing va texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘limingizdagi muammoli vaziyatlarni hal qilish algoritmini qayta ko‘rib chiqing.
📸 Instagram: https://instagram.com/biznesvaqti.uz 📘 Facebook: https://facebook.com/BiznesVaqti
Obuna bo'ling — @BiznesVaqtiuz


