Yangilik
0 so'm — Uzum Marketda 31-oktabrgacha logistika va tovarlarni saqlash xizmatlari bepul bo'ladi.

Texnik nosozlik sababli yuzaga kelgan uzilishlardan so'ng, Uzum Market infratuzilmasi qayta tiklanmoqda. Hozirda omborxona 7, 8 va 9-oktabr sanalari bilan rasmiylashtirilgan nakladnoy bo'yicha tovarlarni qabul qilishni boshladi.
Platforma ma'lumotlariga ko'ra, xaridorlar va hamkorlar ma'lumotlari kiberxavfsizlik talablari asosida himoyalangan. Franchayza asosida ishlovchi punktlar uchun esa kompaniya tomonidan ko'rilgan moliyaviy zarar qoplab berilishi ma'lum qilindi.
Bu hafta: Uzum Marketdagi shaxsiy kabinetingiz orqali 7-9 oktabr oralig'idagi yuk hujjatlaringizni tekshiring va tovarlarni topshirish jarayonini qayta rejalashtiring.
📸 Instagram: https://instagram.com/biznesvaqti.uz 📘 Facebook: https://facebook.com/BiznesVaqti
Obuna bo'ling — @BiznesVaqtiuz


