Yangilik
0 so'm — paxta va g'alla yetishtiruvchi fermerlar uchun buxgalteriya xizmatlari endi bepul.

Adliya vazirligida ro'yxatdan o'tgan yangi qoidaga (reg. № 3921) ko'ra, «Soliq-servis» AJ hududiy bo'linmalari fermerlarga buxgalteriya hisobini yuritish, ish haqi hisoblash hamda soliq va moliyaviy hisobotlarni tayyorlash xizmatlarini bepul ko'rsatadi.
Shuningdek, yosh rahbarlar boshqarayotgan yangi tashkil etilgan fermer xo'jaliklari 2 yil davomida, boshqa yangi xo'jaliklar esa dastlabki 6 oyda ushbu bepul xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega.
Shu hafta: hududingizdagi «Soliq-servis» bo'linmasiga bog'lanib, xo'jaligingizni buxgalteriya hisobini yuritish tizimiga qabul qilish uchun kerakli hujjatlar ro'yxatini aniqlashtiring.
📸 Instagram: https://instagram.com/biznesvaqti.uz 📘 Facebook: https://facebook.com/BiznesVaqti
Obuna bo'ling — @BiznesVaqtiuz


