Trend
264,4 mln yevro — suv tanqisligi fonida hududiy infratuzilmani tiklashga qaratilgan dastur hajmi.

Markaziy Osiyoda kuzatilayotgan daryolar sathining pasayishi iqtisodiy barqarorlikka bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda. "Yashil iqlim fondi" tomonidan ma’qullangan CLiCA dasturi doirasida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikistonda yaylovlar hamda o‘rmonlarni tiklash ko‘zda tutilgan. Dasturning umumiy qiymati 264,4 mln yevroni tashkil etadi.
Bundan tashqari, O‘zbekistonning o‘zi ushbu jarayonlar doirasida 103,7 mln yevro miqdoridagi mablag‘ni qishloq xo‘jaligini iqlim o‘zgarishlariga moslashtirish uchun yo‘naltiradi. Bu resurslar suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish va barqaror qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bu hafta: kompaniyangizning ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish jarayonida foydalaniladigan suv sarfini hisoblang va suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha texnik-iqtisodiy asoslashni ko‘rib chiqing.
📸 Instagram: https://instagram.com/biznesvaqti.uz 📘 Facebook: https://facebook.com/BiznesVaqti
Obuna bo'ling — @BiznesVaqtiuz


