Markaziy bank kursi:1 $ = 12 076 so'm1 € = 13 800 so'm

Yangilik

"Korzinka" hududlarda 300 kv.m gacha bo‘lgan Afzal Market tarmog‘ini ishga tushirdi

1 daqiqa o'qish

"Korzinka" hududlarda 300 kv.m gacha bo‘lgan Afzal Market tarmog‘ini ishga tushirdi

Zafar Hoshimov asos solgan "Korzinka" tarmog‘i yangi formatdagi Afzal Market do‘konlarini taqdim etdi. Birinchi nuqtalar Toshkent viloyatining Do'stobod, Chinoz va Yangiyo'l shaharlarida ish boshladi.

Bu do‘konlar 250–300 kvadrat metr maydonga ega bo‘lib, ularda 2000 xildan ortiq eng zarur mahsulotlar sotiladi. Soddalashtirilgan logistika va operatsion xarajatlarni kamaytirish evaziga doimiy past narxlar strategiyasi tanlangan.

Tarmoq o‘z faoliyatini butun O‘zbekiston bo‘ylab kengaytirishni rejalashtirmoqda. Buning uchun kompaniya tadbirkorlarning 250 kv.m dan boshlanadigan ko'chmas mulklarini ijaraga olishga tayyor.

Shu hafta: hududlarda 250 kv.m dan ortiq bo‘sh binoingiz bo‘lsa, rent.korzinka.uz portali orqali ijara shartlarini va talablarini tekshirib ko‘ring.

📸 Instagram: https://instagram.com/biznesvaqti.uz 📘 Facebook: https://facebook.com/1136966643121839

O'xshash maqolalar