Markaziy bank kursi:1 $ = 11 785 so'm1 € = 13 696 so'm

Yangilik

IT Park Uzbekistan Global-to-GBA dasturi orqali 2 ta startapni Xitoy bozoriga olib chiqadi.

1 daqiqa o'qish
IT Park Uzbekistan Global-to-GBA dasturi orqali 2 ta startapni Xitoy bozoriga olib chiqadi.

IT Park Uzbekistan, Gobi Partners va GUIDE kompaniyalari bilan hamkorlikda startaplar uchun yangi imkoniyatni e'lon qildi. Dastur doirasida qatnashchilar 6 oy davomida korporativ hamkorlar bilan B2B uchrashuvlar o'tkazish, investitsiyalarni jalb qilish strategiyasini ishlab chiqish va Greater Bay Area hududiga 1 haftalik tashrif buyurish imkoniga ega bo'ladi.

Dastur xalqaro bozorga tayyor, ishchi mahsulotga ega startaplar uchun mo'ljallangan. Ishtirokchilar Cyberport grantlari va GUIDE Venture Hub ekotizimi resurslaridan foydalana oladi.

Bu hafta: agar startapingiz global bozorga chiqishga tayyor bo'lsa, 5-iyul sanasigacha Global-to-GBA dasturiga arizangizni topshiring.

📘 Facebook: https://facebook.com/BiznesVaqti

📤 Ulashing | @BiznesVaqtiuz

O'xshash maqolalar