Markaziy bank kursi:1 $ = 12 076 so'm1 € = 13 800 so'm

Yangilik

Alchemist Silkroad dasturi orqali Silikon vodiysiga borish uchun arizalar 30-iyun kuni yopiladi

1 daqiqa o'qish

Alchemist Silkroad dasturi orqali Silikon vodiysiga borish uchun arizalar 30-iyun kuni yopiladi

IT Park va Alchemist Silkroad hamkorligidagi ushbu dastur o‘zbek startaplarining global miqyosda o‘sishiga xizmat qiladi. Tanlab olingan loyihalar Silikon vodiysi ekotizimiga integratsiya qilinadi hamda mahsulotning bozorga mosligi (Product-Market Fit) va sotuvlar bo‘yicha professional mentorlikka ega bo‘ladi.

Ishtirokchilar nafaqat nazariy bilim, balki AQShda kompaniya ochish va xalqaro mijozlar bilan ishlash bo‘yicha amaliy yordam oladi. Bu xalqaro bozorda o‘z o‘rnini topishni niyat qilgan tadbirkorlar uchun muhim bosqichdir.

Shu hafta 30-iyun dedlayniga qadar loyihangiz taqdimotini tayyorlang va Alchemist Silkroad platformasi orqali ariza topshirishga ulgurib qoling.

📸 Instagram: https://instagram.com/biznesvaqti.uz 📘 Facebook: https://facebook.com/1136966643121839

O'xshash maqolalar