Yangilik
900 ming AQSH dollari — TASS Vision chakana savdo tarmoqlari uchun sun'iy intellekt yechimlarini Gruziyaga eksport qilmoqda.

Prezident Tech Award 2024 g‘olibi hamda IT Park Ventures portfel kompaniyasi bo‘lgan TASS Vision Gruziyada o‘zining yangi mintaqaviy ofisini ochdi. Startapning AI yechimlari Aversi, MAVA, Alta va ICI Paris kabi Gruziyaning yirik tarmoqlarida 5 yillik shartnoma doirasida joriy etilmoqda.
Hozirgi kunda ushbu tarmoqlarda 200 dan ortiq AI-kameralar faoliyat yuritmoqda. TASS Vision texnologiyasi mijozlar oqimini tahlil qilish va do‘konlardagi savdo samaradorligini avtomatlashtirish orqali boshqaruv sifatini oshirishga xizmat qiladi. Umuman olganda, kompaniya 10 ta mamlakatdagi 3 000 dan ortiq savdo nuqtalarida o‘z yechimlarini o‘rnatgan.
Shu hafta: savdo nuqtalaringizda mijozlar harakatini kuzatish uchun joriy yil yakunigacha foydalanishingiz mumkin bo‘lgan analitik vositalar va ularning xarajat-samara tahlilini ko‘rib chiqing.
📸 Instagram: https://instagram.com/biznesvaqti.uz 📘 Facebook: https://facebook.com/BiznesVaqti
Obuna bo'ling — @BiznesVaqtiuz


