Yangilik
70% — Payme xizmatining tanilganlik darajasi endi TBC biznes-banki rivojlanishiga yo‘naltiriladi.

Nodira Sultonxodjayeva TBC Uzbekistan tarkibidagi biznes-banking yo‘nalishiga rahbar etib tayinlandi. U avval ekotizim marketingi va Payme brendini rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan. Uning boshqaruvida 2025-yilda TBC Bank mamlakatdagi eng taniqli 3 ta bank qatoriga kirdi. Endilikda maqsad — kichik va o‘rta biznes uchun eng qulay raqamli bank platformasini yaratish.
Bu kadrlar almashinuvi kompaniya ichidagi o‘sish va mutaxassislarni yangi chaqiriqlarga tayyorlash madaniyatini aks ettiradi. Marketing yo‘nalishidagi rahbarlik o‘rnini ichki jamoa vakili Malika Niyazmatova egalladi.
Bu hafta: TBC Biznes ilovasi va veb-platformasidagi yangi funksiyalarni tekshirib ko‘ring, ayniqsa, bu yil bank jamoasi kichik biznes mijozlari uchun qanday yangi shart-sharoitlarni taqdim etayotganiga e’tibor bering.
📸 Instagram: https://instagram.com/biznesvaqti.uz 📘 Facebook: https://facebook.com/BiznesVaqti
Obuna bo'ling — @BiznesVaqtiuz


