Yangilik
5 ta startap — IT Park Uzbekistan va 01Booster yapon bozoriga chiqish dasturini boshladi.

IT Park Uzbekistan Yaponiyaning yetakchi 01Booster akseleratori bilan hamkorlikda mahalliy startaplar uchun yangi imkoniyat taqdim etdi. Dastur doirasida tanlab olingan jamoalar yapon korporatsiyalari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish, pilot loyihalarni ishga tushirish va mahalliy investorlar bilan ishlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Tanlovda qatnashish uchun jami 5 ta startap saralab olinadi. Dastur ishtirokchilari uchun onlayn tayyorgarlik va Yaponiyada oflayn sessiyalar tashkil etiladi.
Bu hafta: 28-avgust sanasiga qadar IT Park Uzbekistan rasmiy platformasi orqali arizangizni topshiring va loyihangizni xalqaro darajaga olib chiqish imkoniyatini sinab ko‘ring.
📸 Instagram: https://instagram.com/biznesvaqti.uz 📘 Facebook: https://facebook.com/BiznesVaqti
Obuna bo'ling — @BiznesVaqtiuz


