Markaziy bank kursi:1 $ = 11 807 so'm1 € = 13 430 so'm

Yangilik

433,68 mln so'm — Toshkent xalqaro aeroportida yangi savdo maydonlari uchun boshlang'ich ijara narxi belgilandi.

1 daqiqa o'qish
433,68 mln so'm — Toshkent xalqaro aeroportida yangi savdo maydonlari uchun boshlang'ich ijara narxi belgilandi.

Uzbekistan Airports E-auksion platformasi orqali xalqaro aeroport hududidan bir nechta biznes yo'nalishlari uchun joylar ajratdi. Eng yirik lot — xalqaro kelish terminalida 139 kv.m maydonda 2 yil muddatga mo'ljallangan do'kon uchun 433,68 mln so'm boshlang'ich narx bilan savdoga chiqarildi. Ishtirokchilar kamida 5 yillik tajribaga ega bo'lishi talab etiladi.

Shuningdek, bino hududida vendinq avtomatlari va bankomat o'rnatish uchun ham imkoniyatlar mavjud. Bankomat o'rnatish uchun 1 kv.m joyning yillik boshlang'ich qiymati 12 mln so'mni tashkil etadi. Bu yerda faoliyat yurituvchi banklar uchun kamida 2 yillik bank tizimidagi tajriba talab qilinadi.

Shu hafta: E-auksion platformasidagi lotlar bilan tanishing va 2026-yil 9-oktabr soat 09:00 gacha o'z arizangizni topshiring.

📸 Instagram: https://instagram.com/biznesvaqti.uz 📘 Facebook: https://facebook.com/BiznesVaqti

Obuna bo'ling — @BiznesVaqtiuz

O'xshash maqolalar