Yangilik
40% — Toshkent va Samarqanddagi yirik savdo markazlarini izlash hajmi Yandex xaritalarida shuncha foizga oshdi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yetti oyida O‘zbekistonga tashrif buyurgan sayyohlar oqimi 7,75 mln kishini tashkil etib, o‘tgan yilga nisbatan 22,6 foizga o‘sdi. Ushbu dinamika xaritalarda navigatsiya xizmatlariga bo‘lgan talabni ham o‘zgartirdi.
Yandex xizmati endilikda Toshkentdagi Tashkent City Mall, Samarkand Darvoza, Riviera Mall, Compass, Atlas Chimgan va Samarqanddagi Family Park, Makon Mall hamda M. Baraka savdo majmualari ichida qavatlararo harakatlanish imkonini beradi. Marshrutlar lift, eskalator va zinapoyalarni hisobga olgan holda tuziladi.
Bu hafta: savdo markazidagi do‘koningiz joylashuvi Yandex xaritalarida to‘g‘ri belgilanganligini va kirish eshiklari ma’lumotlari aktual ekanligini ilova orqali tekshirib chiqing.
📸 Instagram: https://instagram.com/biznesvaqti.uz 📘 Facebook: https://facebook.com/BiznesVaqti
Obuna bo'ling — @BiznesVaqtiuz


