Yangilik
2 ta qo‘shni davlat — Qirg‘iziston va Tojikiston bozorlariga chiqmoqchi bo‘lgan IT Park rezidentlari uchun yangi dastur boshlanmoqda.

IT Park Uzbekistan Markaziy Osiyo bozorlariga kirishni rejalashtirayotgan kompaniyalar uchun Market Entry Program dasturini e’lon qildi. Dastur doirasida sentabr oyida Qirg‘iziston va Tojikistonda shoukeyslar tashkil etiladi.
Ishtirokchilar mahalliy ekspertlardan strategik maslahatlar oladi, savdo bo‘yicha sessiyalarda qatnashadi hamda potensial mijozlar bilan bevosita muzokaralar o‘tkazadi. Digital Uzbekistan ko‘rgazmasi ham loyihaning bir qismi hisoblanadi.
Nomzodlar aniq Go-to-Market strategiyasiga ega bo‘lishi hamda ingliz yoki rus tillarida erkin muloqot qila olishi talab etiladi.
Bu hafta: Market Entry Program dasturi talablariga mosligingizni tekshiring va IT Parkning rasmiy startaplar bazasi orqali ariza topshiring.
📸 Instagram: https://instagram.com/biznesvaqti.uz 📘 Facebook: https://facebook.com/BiznesVaqti
Obuna bo'ling — @BiznesVaqtiuz


