Yangilik
12 ta bank — O'zbekistonlik mijozlar Android qurilmalardagi yangi RedWing Stealer xavfiga duch keldi.
1 daqiqa o'qish

F6 kompaniyasi mutaxassislari ushbu zararli dasturning may va sentabr oylari oralig'ida tarqalgan 800 dan ortiq nusxasini aniqladi. RedWing Stealer VPN xizmatlari, o'yinlar yoki suratga olish ilovalari niqobi ostida o'rnatiladi. U ishga tushgach, SMS xabarlar, USSD so'rovlar va push-bildirishnomalarni nazorat qilib, bank hisoblariga kirish kodlarini o'g'irlash imkoniyatiga ega.
Shu hafta: smartfoningizga o'rnatilgan ilovalar ro'yxatini tekshiring va noma'lum manbalardan olingan VPN hamda «foto» ilovalarini o'chirib tashlang.
📸 Instagram: https://instagram.com/biznesvaqti.uz 📘 Facebook: https://facebook.com/BiznesVaqti
Obuna bo'ling — @BiznesVaqtiuz


