Trend
646 trln so'm — raqamli to'lovlar hajmi oshishi bilan tadbirkorlar uchun naqd pulsiz hisob-kitob qilish majburiy talabga aylanmoqda.
646 trln so'm — raqamli to'lovlar hajmi oshishi bilan tadbirkorlar uchun naqd pulsiz hisob-kitob qilish majburiy talabga aylanmoqda.
Markaziy bank ma'lumotlariga ko'ra, mobil ilovalar orqali amalga oshirilgan operatsiyalar o'tgan yilda 62% ga o'sgan. Bu esa mijozlarning bank kartalari va QR-kodlar yordamida to'lashga odatlanganini ko'rsatadi.
Naqd pul bilan ishlash ulushi 18,7% gacha pasaygan. Hozirda bozorda 430 mingta terminallar va 139 mingta QR-kodli biznes-akkauntlar faol ishlamoqda. Mijozlaringiz uchun to'lov qulayligini ta'minlash endi qo'shimcha xizmat emas, balki oddiy savdo sharti hisoblanadi.
Bu hafta: do'kon yoki xizmat ko'rsatish shoxobchangizdagi QR-kodni ko'zga ko'rinarli joyga joylashtiring va NFC orqali to'lov qabul qilish imkonini tekshirib ko'ring.
Obuna bo'ling — @BiznesVaqtiuz