Maslahat
60 million so'm — Toshkent davlat yuridik universiteti o'tkazayotgan LexHackathon 2026 tanlovidagi eng yuqori mukofot miqdori.
1 daqiqa o'qish

Xakaton doirasida huquqiy xizmatlarni takomillashtirish hamda huquqiy ta'limni rivojlantirish bo'yicha g'oyalar saralanadi. Ishtirok etish bepul, ammo jamoalar 3 nafardan 5 nafargacha tarkibda bo'lishi shart.
Bundan tashqari, 2-o'rin uchun 40 million so'm, 3-o'rin uchun esa 25 million so'm mukofot belgilangan. G'olib jamoalar huquq va biznes bo'yicha mentorlik yordamiga ham ega bo'lishadi.
Bu hafta: 20-22-noyabr kunlari Toshkent davlat yuridik universitetida bo'lib o'tadigan tadbirda qatnashish uchun jamoangiz bilan ro'yxatdan o'ting.
📸 Instagram: https://instagram.com/biznesvaqti.uz 📘 Facebook: https://facebook.com/BiznesVaqti
Obuna bo'ling — @BiznesVaqtiuz


