Maslahat
1 ta QR-kod — Raqobat qo'mitasining yangi tashabbusi bilan savdo nuqtalaringizdagi har bir aksiyani raqamli tizimga kiritish talab etilishi mumkin.

Raobat qo'mitasi tomonidan taklif etilayotgan ushbu mexanizmga ko'ra, xaridorlar QR-kod orqali mahsulotning oldingi narxlari va haqiqiy chegirma miqdorini mustaqil tekshira oladi. Shuningdek, har qanday reklama aksiyasi boshlanishidan avval maxsus elektron tizimda ro'yxatdan o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.
Ushbu tizim mahsulot narxlarining tarixini raqamlashtirishni ko'zlaydi. Bu orqali sotuvchilar va xaridorlar o'rtasidagi chegirmalar bo'yicha tushunmovchiliklar kamayishi kutilmoqda.
Bu hafta: sotuvdagi aksiyalaringiz ro'yxatini va ularning narx tarixini ichki hisobotlaringizda shakllantirib boring, hamda kelgusida elektron tizimga kiritish uchun qulay formatga o'tkazishni rejalashtiring.
📸 Instagram: https://instagram.com/biznesvaqti.uz 📘 Facebook: https://facebook.com/BiznesVaqti
Obuna bo'ling — @BiznesVaqtiuz


